Jizzaxda 1 mingta savdo shoxobchasiga ega uch qavatli “Ekobozor” quriladi

Bozor qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ixtisoslashib, unda 2 mingta yangi ish oʻrni yaratilishi rejalashtirilgan

Jizzaxda 1 mingta savdo shoxobchasiga ega uch qavatli “Ekobozor” quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida joylashgan “Koʻk saroy” savdo va xizmat koʻrsatish majmuasi faoliyati bilan ham tanishdi.

Jizzax shahridagi 3,5 gektar maydonda faoliyat yuritayotgan “Koʻk saroy” majmuasi savdo va maishiy xizmat sohasida viloyatdagi eng yirik obyektlardan biridir. Bu yerda 300 dan ortiq yangi tadbirkorlik subyektlari ish boshlagan. Natijada 800 dan ziyod ish oʻrni yaratildi, jumladan, ehtiyojmand toifadagi 100 nafar fuqaro ish bilan taʼminlandi.

Majmuada yirik savdo tarmoqlarining filiallari, 10 ta yirik mahalliy va xorijiy brend ishlamoqda, 250 ta savdo doʻkoni, fud-kort va bolalar maydonchasi joylashgan. Koʻrsatilgan xizmatlar hajmi yiliga 223 mlrd soʻmni tashkil etmoqda. Majmuada kutubxona va kitob doʻkoni ham mavjud.

Loyihaning ikkinchi bosqichi sifatida 1 mingta savdo shoxobchasini oʻz ichiga olgan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan uch qavatli “Ekobozor” qurilishi rejalashtirilgan. Natijada 2 mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Prezident majmua faoliyati bilan tanishib, tashrif buyurganlar bilan samimiy muloqot qildi. Xizmatlarni kompleks yondashuv asosida yanada rivojlantirish, bunday markazlarni boshqa hududlarda ham koʻpaytirish zarurligini taʼkidladi.

Shu bilan davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi