O‘zbekistonda elektromobil savdosi 10,8% ga oshdi
2026-yil iyulida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda 9,3 mingta elektromobil sotildi
Фото: Kapital.uz
O‘zbekistonda 2026-yil iyul oyida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda 9,3 mingta elektromobil sotildi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.
Elektromobillar savdosi iyun oyiga nisbatan 10,8% ga oshdi. O‘sish mamlakatning aksariyat hududlarida qayd etilgan.
Savdolarning eng katta qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, iyul oyida poytaxtda 6 mingta elektromobil sotildi. Toshkent viloyatida 699 ta, Farg‘ona viloyatida esa 428 ta elektromobil xarid qilingan.
Avtomobil savdosi 0,7% ga kamaydi
Iyul oyida barcha turdagi avtotransport vositalarining umumiy savdosi qariyb 80 ming tani tashkil etdi. Bu iyun oyiga nisbatan 0,7% ga kam.
Yengil avtomobillar savdosi deyarli o‘zgarmagan — iyulda 61,1 mingta avtomobil sotilgan. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 61,4 mingta edi.
Yangi yengil avtomobillar savdosi esa 5,9% ga oshib, 25,4 ming donaga yetdi. O‘sish asosan mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi hisobiga ta’minlangan.
Mahalliy avtomobillar savdosi 8,3% ga oshib, 20,4 ming donani tashkil etdi. Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi esa qariyb 3% ga kamayib, 5 ming donaga tushdi.
Ikkilamchi bozorda iyul oyida 35,7 mingta ishlatilgan yengil avtomobil sotildi. Bu iyun oyiga nisbatan 4,4% ga kam.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ