Raqobat Qo‘mitasi tomonidan avtomobil sohasida 2 ta murojaat iste’molchilar foydasiga hal qilindi

Xususan, fuqaroning “Cobalt” avtomobili uchun to‘lagan 74 mln miqdoridagi mablag’i qaytarilgan

Raqobat Qo‘mitasi tomonidan avtomobil sohasida 2 ta murojaat iste’molchilar foydasiga hal qilindi

Raqobat Qo‘mitasiga mamlakatning ikki hududidan avtomobil yetkazib berish va sotish bilan bog‘liq murojaatlar tushgan. 

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro A.D. sotib olgan “BYD Song Plus Champion” avtomobili buzilgani sababli, Xorazmdagi “BYD Urganch” servis markaziga murojaat qilgan. Avtomobilning old amartizatorlari ishlamagani aniqlangan va servis xodimlari ularni 2 oy ichida almashtirishini bildirgan.

Qo‘mita aralashuvi natijasida “BYD Urganch” markazi avtomobilning umumiy qiymati 2,3 mln so‘m bo‘lgan ikki amartizatorini bepul almashtirishni ta’minladi.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro A.M. Qarshi shahridagi «FAVORITE-CARS-SERVICE» MCHJ faoliyatidan norozi bo‘lib murojaat yo‘llagan. U “Chevrolet Cobalt” avtomashinasiga 74 mln so‘m boshlang‘ich to‘lov qilgan va shartnoma imzolagan. Ammo oilaviy muammolar sabab shartnomani bekor qilishga va pulni qaytarib olishga urinib, natija ololmagan.

Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasida, qonun asosida fuqaro to‘lagan 74 mln so‘m mablag‘ to‘liq qaytarildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
/
Coca-Cola Uzbekistan $25 mlnlik soliq talabi yuzasidan sudga murojaat qildi
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
/
XVJ O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi sekinlashishini prognoz qildi
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi
/
Apple MacBook va iPad narxlarini keskin oshirdi