O‘zbekistonda iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi

O‘zbekistonda iste’mol normalari har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi

Oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol normalari mamlakatning demografik, ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga asoslanib har 3 yilda qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda 3-fevral kuni qabul qilingan “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risidagi” Qonunda ta’kidlangan

Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi yuzaga kelganda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni belgilaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning maqsadi mamlakat aholisining ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosini ishlab chiqish hisobiga qanoatlantirishdan iborat.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
/
Yangi yil arafasi Toshkentda avtobuslar harakatlanish jadvali uzaytiriladi
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
/
O‘zbekistonliklarga Green Card uchun viza berilmaydi — elchixona
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi
/
2030-yilga qadar elektr poyezdlar yo‘nalishlari soni 53 tagacha oshiriladi