Toshkentda issiqlik taʼminoti qachon yoqilishi maʼlum qilindi

Xususan, ijtimoiy obyektlarda 3-noyabrdan, turar joy obyektlarida esa 5-noyabrdan ishga tushiriladi

Toshkentda issiqlik taʼminoti qachon yoqilishi maʼlum qilindi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda qachondan issiqlik taʼminoti ishga tushirilishini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, meteorologiya xizmati maʼlumotlariga muvofiq poytaxtda markazlashgan issiqlik taʼminoti ijtimoiy obyektlarda 2025-yil 3-noyabrdan, turar joy obyektlarida esa 5-noyabrdan yoʻlga qoʻyiladi.

Turarjoy yoki boshqa muassasalarda issiqlik taʼminoti yoqilish jarayonida biror muammo yoki issiqlik yetkazib beruvchi masʼullar ishlarni toʻlaqonli amalga oshirmayotganligi holatida 1055, 71 210-01-87 raqamlariga murojaat qilish soʻralgan.

Oʻzbekistonda isitish mavsumida tabiiy gaz isteʼmoli boʻyicha bazaviy meʼyor 4 oyga 5 barobarga oshirilishi maʼlum qilingandi. Bunda noyabr—fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart—oktyabrda esa har oy uchun 100 kub metrgacha meʼyor belgilangan.

Avvalroq “Oʻzgidromet” Oʻzbekistonda 4-6-noyabrga kelib havo harorati asta-sekin pasayishi va kechalari 0-3 darajagacha boʻlishini xabar qilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi