Islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi bir yilda qariyb 8 barobarga oshdi

2026-yilning birinchi choragida islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi 11,2 mlrd so‘mga yetgan

Islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi bir yilda qariyb 8 barobarga oshdi

2026-yilning birinchi choragida mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan islomiy moliyalashtirish xizmatlari hajmi 11,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bankning islomiy moliyalashtirish xizmatlari bo‘yicha sharhida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 9,8 mlrd so‘mga yoki qariyb 8 barobarga ko‘pdir. O‘tgan yilning birinchi choragida ushbu xizmatlar hajmi 1,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ko‘rsatilgan xizmatlarning asosiy qismini “Murobaha” shartnomalari tashkil qilgan. Ularning hajmi 7,7 mlrd so‘mga yetib, jami xizmatlarning 69% ini egallagan. Shuningdek, “Muzoraba” xizmatlari 2,1 mlrd so‘mni (19%), “Islomiy ijara” xizmatlari esa 1,4 mlrd so‘mni (12%) tashkil etgan.

Mijozlar tarkibida yuridik shaxslar yetakchilik qilgan bo‘lib, ular hissasiga 5,2 mlrd so‘mlik xizmatlar to‘g‘ri kelgan. Jismoniy shaxslar 2,9 mlrd so‘mlik, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa 3,1 mlrd so‘mlik islomiy moliyalashtirish xizmatlaridan foydalangan.

Hududlar kesimida xizmatlarning asosiy qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtdagi uchta mikromoliya tashkiloti tomonidan 10,6 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, bu umumiy hajmning 94% ini tashkil etgan. Namangan viloyatida esa ushbu ko‘rsatkich 670 mln so‘m bo‘lgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sho‘rtan GKM loyihasida 643 mlrd so‘mlik talon-torojlik aniqlandi
/
Sho‘rtan GKM loyihasida 643 mlrd so‘mlik talon-torojlik aniqlandi
Mirziyoyev va Putin O‘zbekistondagi ilk AES energobloki qurilishiga start beradi
/
Mirziyoyev va Putin O‘zbekistondagi ilk AES energobloki qurilishiga start beradi
O‘zbekistonda yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi
/
O‘zbekistonda yoshlarga 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi