O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 7,4% ga o‘sadi

YeOTB prognoziga ko‘ra, kelgusi yilda o‘sish sur’ati 6,8% ni tashkil etishi mumkin

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 7,4% ga o‘sadi

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilda 7,4%, 2026-yilda esa 6,8% ga o‘sadi. Bu haqda “Kommersant” nashri Yevrosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) hisobotiga tayanib xabar bermoqda.

Joriy yilda yalpi ichki mahsulot o‘sishiga respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. 2026-yilda o‘sish sur’atining biroz pasayishi esa YTB ekspertlari tomonidan iste’mol faolligining qisman susayishi bilan izohlanmoqda.

YeOTB prognoziga ko‘ra, Markaziy Osiyo iqtisodiyoti 2025-yilda 6,6% ga o‘sadi. Mintaqada eng yuqori o‘sish Qirg‘izistonda kutilmoqda — joriy yilda 10,3%, 2026-yilda esa 9,3%. Tojikiston iqtisodiyoti mos ravishda 8,3% va 8,1% ga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Qozog‘iston iqtisodiyoti 2025-yilda 5,9%, 2026 yilda esa 5,5% o‘sadi.

Shuningdek, YeOTB tahlilchilari Markaziy Osiyoning investitsiyaviy jozibadorligi oshishda davom etayotganini qayd etmoqda. Avvalroq bank joriy yil iyul oyi boshiga kelib O‘zbekiston Yevrosiyodagi o‘zaro investitsiyalarning eng yirik qabul qiluvchisiga aylanganini ma’lum qilgan edi. Mamlakat $10,7 mlrddan ortiq investitsiya jalb qilib, bu mintaqadagi jami sarmoyalarning 22% ini tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi