“Infinbank”da boshqaruv tarkibi o‘zgartirildi
Bobir Nodirxonovich Burxanov bank Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi
11-sentabr kuni “Infinbank” Boshqaruvida o‘zgarishlar bo‘ldi. Baxtiyorjon Jo‘rayev Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda ILMA xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan Dilshod Xodjiyev esa Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bobir Nodirxonovich Burxanov bank Kuzatuv kengashi raisi etib saylandi. Kapital.uz avvalroq bloger Otabek Bakirov “Infinbank” kuzatuv kengashi a’zosi etib saylangani haqida xabar bergandi.
Shuningdek, Kuzatuv kengashining raisi yo‘qligida uning vazifasini bajarish huquqi Bank Kuzatuv kengash a’zosi Abdullayev Zikirillo Sagdullayevich zimmasiga yuklatildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ