Ilon Mask boyligi $400 mlrddan oshgan birinchi odamga aylandi

Bu sabab “SpaceX” aksiyalarining sotilishi bo‘ldi

Ilon Mask boyligi $400 mlrddan oshgan birinchi odamga aylandi

“SpaceX” va “Tesla” asoschisi Ilon Mask tarixda sof kapitali $400 mlrddan oshgan birinchi odam bo‘ldi. Bu haqida “Bloomberg” nashri xabar berdi

“Bloomberg Billionaires Index”ga ko‘ra, “SpaceX” aksiyalarining sotilishi Maskning sof kapitalini taxminan $50 mlrdga — $439,2 mlrgacha oshirdi. 

“Forbes” jurnali esa hozircha Maskning boyligini $367,5 mlrd darajasida qayd etmoqda. Shunga qaramay u hamon jurnal milliarderlari reytingida birinchi o‘rinda qolmoqda.

2022-yil oxirida Maskning kapitali $200 mlrddan ko‘proqqa qisqargandi, biroq so‘nggi paytlarda u yana o‘sishni boshlagan. Xususan, Donald Trampning AQSH saylovlardagi g‘alabasidan keyin keskin sezilarli o‘sdi.

Bundan tashqari, Maskning “SpaceX” kompaniyasi hozirda $350 mlrdga baholanmoqda. “Bloomberg” ning yozishicha, “SpaceX” dunyodagi eng qimmat xususiy startapga aylangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi
Prezident yil oxirigacha 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasini topshirdi
/
Prezident yil oxirigacha 230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish vazifasini topshirdi
O‘zbekistonda kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lgan ehtiyojmandlarni moliyalashtirish yondashuvi o‘zgartiriladi
/
O‘zbekistonda kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lgan ehtiyojmandlarni moliyalashtirish yondashuvi o‘zgartiriladi