ILMA Unex Payments’ga kriptodo‘kon faoliyati uchun litsenziya berdi

Kompaniya O‘zbekistonda kripto-aktivlar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi 13-kriptodo‘kon operatoriga aylandi

ILMA Unex Payments’ga kriptodo‘kon faoliyati uchun litsenziya berdi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) Unex Payments kompaniyasiga kriptodo‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kripto-aktivlar bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi litsenziyalangan provayderlar reyestriga ko‘ra, Unex Payments O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 13-kriptodo‘kon operatoriga aylandi. CS #0018 raqamli litsenziya NAPP direktorining 22-iyundagi buyrug‘i asosida rasmiylashtirilgan bo‘lib, 24-iyundan kuchga kirgan.

Yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, Unex Payments 2026-yil 4-may kuni 500 mln so‘m ustav fondi bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Korxonaning asosiy faoliyat turi “axborot xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha boshqa faoliyat” sifatida ko‘rsatilgan.

Kompaniyaga Karimjon Ubaydullayev rahbarlik qiladi. Ta’sischilar sifatida Shahnoza Mahmudova va Rano Rahimova qayd etilgan bo‘lib, ularning har biri kompaniyaning 50% ulushiga egalik qiladi.

Mazkur tadbirkorlar shu sanada tashkil etilgan yana bir kompaniya — Unex Depositary’ning ham teng ulushdagi hammuassislari hisoblanadi. Ustav fondi 500 mln so‘m bo‘lgan ushbu korxona axborot texnologiyalari sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.

Bundan tashqari, Shahnoza Mahmudova Intensiv Baliq Baraka kompaniyasining 15% ulushiga egalik qiladi. Rano Rahimova esa Mister English o‘quv markazi va Lumax Motors avtosalonining yagona ta’sischisi hisoblanadi. Shuningdek, u Bee Financial Management kompaniyasining 40% ulushiga ham egalik qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Kafolat” aksiyalari yana “Toshkent” fond birjasida savdoga chiqariladi
/
“Kafolat” aksiyalari yana “Toshkent” fond birjasida savdoga chiqariladi
Oltin narxi sakkiz oy ichida ilk bor $4 mingdan pastladi
/
Oltin narxi sakkiz oy ichida ilk bor $4 mingdan pastladi
Nordwind Airlines Qozondan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
/
Nordwind Airlines Qozondan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi