29.12.2025 | 12:28
ILMA “Semurg Insurance”ga 24,5 mln so‘m jarima qo‘lladi
Qaror sug‘urta faoliyatiga oid qonun talablari buzilgani yuzasidan qabul qilingan
“Istiqbolli loyihalar milliy agentligi”ning tegishli qaroriga asosan “SEMURG INSURANCE” aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan 24,5 mln so‘m miqdorida jarima sanksiyasi qo‘llanildi.
Ma’lum qilinishicha, jarima O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Sug‘urtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ilovasining 1-bo‘lim, 1-pozitsiyasi talablari asosida belgilangan.
Vakolatli organlar ushbu chora-tadbirlar sug‘urta bozorida qonuniylikni ta’minlash, moliyaviy intizom va shaffoflikni kuchaytirishga qaratilganini qayd etdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ