Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Naqd-Ex” kompaniyasiga litsenziya berdi

Kompaniya endilikda kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirishi mumkin

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Naqd-Ex” kompaniyasiga litsenziya berdi

O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi yana bir kompaniya litsenziya oldi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ma’lum qildi.

Agentlikning bildirishicha, Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom (2022-yil 15-avgust, 3380-son) asosida “NAQD-EX” MChJga kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berilgan.

Qayd etilishicha, litsenziya to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron reyestrga kiritilgan va Agentlikning rasmiy saytida ochiq e’lon qilingan.

iHamkor platformasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, “NAQD-EX” MChJ kompaniyasi rahbari etib Azimov Sherzod Ravshanovich keltirilgan.

Shuningdek, korxonaning ustav kapitalidagi ulushlar ikki nafar ta’sischi o‘rtasida teng taqsimlangan. Bayzakov Baxtiyor Boxodirovich va Xolboyev Shavkatbek Xumaydullayevich kompaniyaning har biri 50% dan ulushiga egalik qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston sun’iy intellekt bo‘yicha eng ilg‘or 50 davlat qatoriga kirishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston sun’iy intellekt bo‘yicha eng ilg‘or 50 davlat qatoriga kirishni rejalashtirmoqda
“O‘zbektelekom” aksiyalari yil boshidan buyon qariyb olti baravar qimmatlashdi
/
“O‘zbektelekom” aksiyalari yil boshidan buyon qariyb olti baravar qimmatlashdi
O‘zbekistonda har bir mahalla uchun energetik pasport joriy etiladi
/
O‘zbekistonda har bir mahalla uchun energetik pasport joriy etiladi