Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlar sizishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Agentlik shaxsiy ma’lumotlar tarqalgani haqidagi xabarlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda
Foto: Yandex Map
Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari, jumladan, Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlariga oid ayrim ma’lumotlar internetga tarqalib ketgani haqidagi xabarlar yuzasidan agentlik rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ayrim axborot saytlarida e’lon qilingan ma’lumotlar holatning haqiqiy mazmuniga to‘liq mos kelmaydi. Hozirda mazkur holat belgilangan tartibda o‘rganilmoqda.
Agentlik fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Tekshiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar belgilangan tartibda jamoatchilikka taqdim etilishi bildirilgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ