“Ijodga investitsiya” jamg‘armasi tashkil etilib, har yili 200 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarda ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘liq qoplab beriladi

“Ijodga investitsiya” jamg‘armasi tashkil etilib, har yili 200 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 1-iyun kuni madaniyat va san’at sohasi xodimlari bilan uchrashuvida har yili 100 nafar yoshning davlat hisobidan xorijiy madaniyat va san’at dargohlarida ta’lim olishi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Mazkur tashabbus milliy madaniyat va san’at sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, iqtidorli yoshlarning xalqaro tajriba va bilimlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda yosh iste’dodlar hamda ularning ustozlarini qo‘llabquvvatlash bo‘yicha qator moliyaviy rag‘batlantirish choralari ham belgilandi.

Xususan, 1-sentabrdan boshlab respublika tanlovlari g‘oliblariga 100 mln so‘mgacha mukofot puli beriladi. Nufuzli xalqaro tanlovlarda sovrindor bo‘lgan yoshlar esa 300 mln so‘mgacha mukofot olishi mumkin.

Bundan tashqari, xalqaro va respublika miqyosidagi tanlovlarda ishtirok etish bilan bog‘liq barcha xarajatlar to‘liq qoplab beriladi. Bu esa iqtidorli yoshlarning xalqaro maydonlarda o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Ularning ustoz va murabbiylari ham davlat e’tiboridan chetda qolmaydi. Belgilangan tartibga ko‘ra, ularning oylik ish haqiga 100% gacha ustama to‘lanadi.

Sohada iqtidorlarni aniqlash va rivojlantirish tizimini kuchaytirish maqsadida “Ijodga investitsiya” jamg‘armasi tashkil etilishi ham ma’lum qilindi. Ushbu jamg‘arma orqali yosh iste’dodlarni kashf etadigan, prodyuserlik faoliyatini rivojlantiradigan va ijodiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydigan biznes tashabbuslarga mablag‘ ajratiladi.

Jamg‘arma faoliyati uchun har yili 200 mlrd so‘m yo‘naltirilishi belgilangan. Shuningdek, e’lon qilingan imtiyoz va yengilliklar xususiy ijodiy guruhlarga ham tatbiq etiladi. Bu qarorlar madaniyat va san’at sohasida raqobatbardosh muhitni shakllantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi