Gruziya xorijiy turistlar uchun yangi kirish tartibini joriy etdi

2026-yildan boshlab sug‘urta polisi majburiy bo‘ladi, hujjat bo‘lmagan taqdirda 1,3 mln so‘m jarima belgilangan

Gruziya xorijiy turistlar uchun yangi kirish tartibini joriy etdi

Gruziyaga kiruvchi barcha xorijiy fuqarolar mamlakatda bo‘lish davrini to‘liq qamrab oluvchi sug‘urta polisiga ega bo‘lishi shart bo‘ladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Sug‘urta polisi mavjud bo‘lmasa, 300 lari (taxminan 1,3 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llanadi. Hujjat ingliz yoki gruzin tilida rasmiylashtirilishi va butun tashrif davri davomida amal qilishi lozim.

Minimal sug‘urta qamrovi quyidagicha belgilangan:

  • shoshilinch ambulator xizmatlar — kamida $5 ming;
  • statsionar davolanish (jumladan, baxtsiz hodisalar, jarohatlar va repatriatsiya) — kamida $30 ming.

Tog‘li hududlarga tashrif uchun alohida talablar mavjud.

Polisni o‘zingiz bilan elektron shaklda (smartfonda) yoki bosma ko‘rinishda olib yurish kerak. Hujjat chegarada yoki mamlakat ichida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tekshirilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi