“G‘ishtko‘prik” chegara posti 2026-yilning sentabr oyida ishga tushiriladi

Qozog‘iston hukumati avvalroq ushbu post 2026-yilning yoz oyida ochilishini ma'lum qilgandi

“G‘ishtko‘prik” chegara posti 2026-yilning sentabr oyida ishga tushiriladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston rasmiylari 2026-yilning sentabr oyida “Jibek Joli” (O‘zbekiston tomonida “G‘ishtko‘prik”) nazorat-o‘tkazish punktini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Serik Jumangarin “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda asosiy e’tibor avtomobil va temiryo‘l o‘tkazish punktlarini rivojlantirishga qaratilgan.

Hozirda asosiy ishlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi avtomobil va temiryo‘l o‘tkazish punktlarini kengaytirish bilan bog‘liq. Xususan, joriy yilning sentabr oyida “Jibek Joli” o‘tkazish punkti ishga tushiriladi. Uning o‘tkazuvchanlik qobiliyati sutkasiga 70 ming kishini (ilgari 30 ming edi) va 2000 dan ortiq yengil avtomobilni tashkil etadi, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

“Chernyayevka” nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu nazorat-o‘tkazish punkti 2025-yilning 5-fevralida kapital qurilish va rekonstruksiya ishlari uchun to‘rt oyga yopilgandi, biroq bu muddat bir necha bor surildi. Umuman olganda, bu yerda rekonstruksiya ishlari 2022-yildan buyon davom etmoqda.

Qozog‘iston hukumati 2025-yilning dekabr oyida ushbu post 2026-yilning yoz oyida ochilishini ma’lum qilgandi. Yangi majmua umumiy maydoni 10 ming kv metr bo‘lgan ikkita zamonaviy yo‘lovchi terminali va avtotransport uchun yagona navesni o‘z ichiga oladi.

Ta’mirlash vaqtida piyodalar, yuk transporti va temiryo‘l qatnovi uchun muqobil yo‘nalishlar belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston “Darbaza — Maqtaaral” yangi temiryo‘l liniyasi qurilishini yakunlashni rejalashtirmoqda.

Bu yil biz tovar aylanmasiga qo‘shimcha 20 mln tonna yuk qo‘shadigan “Darbaza — Maqtaaral” temiryo‘li qurilishini yakunlaymiz. Shunga ko‘ra, “Maqtaaral — Sirdaryo” stansiyasi to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi, — deb ta’kidladi Jumangarin.

Yangi temiryo‘l qurilishi 2023-yil noyabr oyi oxirida boshlangandi. O‘shanda “Darbaza — Maqtaaral” temiryo‘l liniyasining uzunligi 152 kmni tashkil etishi xabar qilingandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda elektronika savdosiga 5% lik yagona boj joriy etiladi
/
O‘zbekistonda elektronika savdosiga 5% lik yagona boj joriy etiladi
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha o‘rta muddatli prognozlarini yaxshiladi
/
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiyoti bo‘yicha o‘rta muddatli prognozlarini yaxshiladi
1-oktabrdan jarimalar 1 oyda to‘langanda tadbirkor qolgan qismidan ozod etiladi
/
1-oktabrdan jarimalar 1 oyda to‘langanda tadbirkor qolgan qismidan ozod etiladi