FRT siyosatini yumshatish: bu O‘zbekiston va rivojlanayotgan bozorlar uchun nimani anglatadi
Binance CEO’si Richard Teng kriptoaktivlar bozoridagi dastlabki signallar va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun yangi imkoniyatlar haqida fikr bildirdi
17 sentabr kuni AQSh Federal Rezerv Tizimi (FRT) 2025 yilda ilk bor asosiy stavkani pasaytirdi — 0,25 foiz punktga, uni 4,00–4,25% diapazonida belgiladi. Bu qaror global moliya bozorlariga ehtiyotkorlik bilan siyosatni yumshatish signali bo‘ldi.
Stavka pasayishi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ikki yo‘nalishda muhim: valyuta bozori va kapital qiymati. So‘m/dollar kursi so‘nggi oylar davomida barqaror bo‘lib turibdi, global dollarning yumshoq dinamikasi esa kutilmagan keskin sakrash xavfini kamaytiradi. Yuqori asosiy stavka (14%) va avgust yakunidagi 8,8% inflyatsiya fonida milliy valyutadagi obligatsiyalar xalqaro investorlar uchun jozibador bo‘lib qolmoqda.
Richard Teng: “Investorlar innovatsion vositalarga murojaat qila boshlaydi”
Binance bosh direktori Richard Tengning ta’kidlashicha, FRTning bu qarori kriptoaktivlar bozorida birinchi navbatda likvidlik va investor kayfiyatida o‘zgarishlarga olib keladi:
Pulni oddiy depozitlarda saqlashning foydasi kamayganda, investorlar innovatsion vositalarga murojaat qiladi. Ko‘pincha birinchi tanlov kriptovalyutalar bo‘ladi. FRTning ehtiyotkor yumshash signali yirik tokenlardan “ko‘k chip” altkoinlarga qiziqishni oshirishi mumkin. Dastlabki belgilar steyblkoinlar bozorida ko‘rinadi: faollik ortadi, ofshor bitimlar hajmi ko‘payadi, Osiyo va Yevropadagi savdo vaqtlarida esa likvidlik chuqurlashadi, — dedi Teng.
Shuningdek, u global siyosiy barqarorlik kriptoaktivlar bozoriga yangi ishtirokchilarni jalb qilishini ta’kidladi:
AQSh siyosatining aniqroq yo‘nalish olishi odatda Osiyo va rivojlanayotgan bozorlar uchun qulay sharoit yaratadi. Bu, avvalo, kripto bozorida transchegaraviy savdo hajmini oshiradi. Binance’da biz bu jarayonni xavfsizlik va likvidlik bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz: yirik bitimlarni minimal bozor ta’siri bilan amalga oshirish, aktivlarni ishonchli saqlash va investorlar uchun qulay platforma yaratish asosiy vazifamizdir, — deya qo‘shimcha qildi Teng.
O‘zbekiston uchun imkoniyatlar
- Milliy valyutadagi obligatsiyalar yuqori asosiy stavka fonida jozibador bo‘lib qolmoqda.
- Tashqi moliyalashtirish yumshoq global siyosat tufayli arzonlashishi mumkin.
- Kriptoaktivlarga qiziqish esa global likvidlik va yangi vositalarga ehtiyoj ortishi bilan asta-sekin oshmoqda.
Asosiy savol bir xil: inflyatsiya qanchalik tez va barqaror pasayadi. Shu omil regulyator siyosatiga bo‘lgan ishonchni belgilaydi va boshqa jarayonlarga yo‘nalish beradi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ