Yil yakunigacha farmatsevtika sohasida $166 mlnlik 32 loyiha ishga tushadi

2026-yildan farmatsevtika mahsulotlarining barcha davlat xaridlari yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi

Yil yakunigacha farmatsevtika sohasida $166 mlnlik 32 loyiha ishga tushadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteri sanoat hududida amalga oshirilayotgan loyihalar, sifat va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Tarmoq korxonalari tomonidan qiymati 5 trln so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, $172 mlnlik mahsulotlar eksport qilindi hamda $286 mln investitsiya, shundan $257 mln xorijiy sarmoyalar o‘zlashtirildi.

35 ta mahalliy korxona tomonidan 205 turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, ular eksport qilinayotgan davlatlarning soni esa 55 taga yetdi. Shu yilning o‘zida qiymati $29 mlnlik 16 ta loyiha ishga tushirildi hamda 830 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Sifat va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 61 korxonada GMP, 486 distribyutor omborida GDP, 9450 dorixonada GPP standarti joriy etildi.

Taqdimot davomida import qilinayotgan dorilarning referent narxlarini shakllantirishda turli manipulyatsiyalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va takliflar bo‘yicha axborot berildi. Hozirda 7,6 mingta import dori vositasidan 4,9 mingtasi referent mamlakatlarning narx reyestrida mavjud emas.

Prezident, taqdimot so’nggida 2025-yil yakuni bo‘yicha $166 mlnlik 32 ta investitsiya loyihasini to‘liq ishga tushirib, 1,5 mingta yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmini yanada oshirish, retseptli dorilarning narxlarini tushirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi