Farg‘onada qiymati $300 mlnlik shifoxona ishga tushiriladi

Loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilib, qurilish ishlari 36 oy davom etadi

Farg‘onada qiymati $300 mlnlik shifoxona ishga tushiriladi

Farg‘ona viloyatida 800 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxona qurilishi bo‘yicha muhim investitsiya bitimi imzolandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Uch tomonlama kelishuv Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov, Saudiya Arabistonining “Vision International Investment Company” kompaniyasi rahbari Omar Al-Midani hamda “KOC Construction Mekanik Elektrik Fe LLC” kompaniyasi direktori Subutay Gyuzel tomonidan imzolandi.

Mazkur loyiha davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilib, uning umumiy qiymati qariyb $300 mlnni tashkil etadi. Qurilish ishlari 36 oy davom etadi.

Yangi tibbiyot majmuasi viloyatdagi beshta ixtisoslashgan muassasani yagona kompleksga birlashtiradi. Unda kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, transplantatsiya, nefrologiya va ortopediya kabi yo‘nalishlarda yuqori texnologik xizmatlar ko‘rsatiladi.

Shuningdek, shifoxona tarkibida 160 o‘rinli reanimatsiya va shoshilinch yordam bo‘limlari tashkil etiladi.

Loyiha International Finance Corporation ko‘magida ishlab chiqilgan bo‘lib, Germaniyaning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi moliyaviy qo‘llab-quvvatlagan.

Yangi majmua ishga tushirilgach, hudud aholisi uchun sifatli tibbiy xizmatlar kengayib, xorijga davolanish uchun chiqish zarurati kamayishi kutilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
/
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin
/
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin