Farg‘onada eksportni 2 karra oshirib, $2 mlrdga yetkaziladi

Shuningdek, Yozyovonda logistika “drayver”ga aylantirilib, iqtisodiy aylanma yana 1 trln so‘mga oshiriladi

Farg‘onada eksportni 2 karra oshirib, $2 mlrdga yetkaziladi

Ayniq vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona shahrida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Unda so‘nggi yillarda hududda erishilgan natijalar va kelgusi vazifalar muhokama qilindi. Qayd etilishicha, meva-sabzavot eksporti 3 baravar oshib, $400 mlnga yetgan. Bu respublika bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, Farg‘ona, So‘x, Quva tumanlari hamda Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlarida turizm jadal rivojlanmoqda. So‘nggi 9 yilda 3 ming o‘rinli mehmonxonalar va mehmon uylari ishga tushirilgan. 2025-yilda xorijiy sayyohlar soni ilk bor 500 mingdan, mahalliy turistlar esa 3 mlndan oshgan. Turizm eksporti $185 mlnni tashkil etgan.

Davlat rahbari viloyat oldida joriy yil uchun iqtisodiyotni 9,1%, sanoatni 9% ga o‘stirish, $4,5 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilish va eksportni 2 baravar oshirib, $2 mlrd ga yetkazish vazifalari turganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda Yozyovon tumanining iqtisodiy salohiyati ham alohida ko‘rib chiqildi. Tuman sanoat, eksport va servis ko‘rsatkichlari bo‘yicha viloyatda quyi o‘rinlarda qayd etilgan. Shu bois hududga tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish uchun budjetdan 30 mlrd so‘m ajratilgan, shuningdek, yil boshidan qo‘shimcha 5,5 mlrd so‘m mablag‘ shakllangan.

Sun’iy intellekt asosida o‘tkazilgan tahlillar Yozyovon geografik jihatdan qulay joylashganini ko‘rsatgan. A-373 magistral yo‘lining 35 km qismi tumandan o‘tib, kuniga 30 ming transport harakatlanadi. Shu asosda hududda logistika markazlari, omborlar, yo‘l bo‘yida servis obyektlari va infratuzilmani rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Prezident tuman hokimiga logistika yo‘nalishini rivojlantirish orqali servis, sanoat va qishloq xo‘jaligini ham faollashtirish, iqtisodiy aylanmani qo‘shimcha 1 trln so‘mga oshirish vazifasini topshirdi.

Shuningdek, viloyatda IT sohasi ham faol rivojlanmoqda. So‘nggi yillarda IT xizmatlari 4 baravar oshib, eksport hajmi $23 mln dan ortgan. Farg‘ona shahrida 30 ming kvadrat metr maydonda IT-Park ishga tushirilgan.

Quvada IT-klaster tashkil etilib, unda yiliga 100 nafar yosh dasturlash, robototexnika, grafik dizayn va xorijiy tillarga o‘qitilmoqda. Ushbu tajribani yana 16 ta tumanda joriy etish topshirildi.

Bundan tashqari, Farg‘onada IT-Park universiteti, Marg‘ilonda esa INHA universiteti filiali ochilib, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va dasturiy muhandislik yo‘nalishlarida yiliga 1 ming nafar talabani tayyorlash rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Farg‘onadagi 10 ta hududda kichik omborxonalar qurilib, dehqonlarga imtiyozli lizingga beriladi
/
Farg‘onadagi 10 ta hududda kichik omborxonalar qurilib, dehqonlarga imtiyozli lizingga beriladi
Prezident Marg‘ilondagi 1,7 trln soʻmlik “Burhonuddin Marg‘inoniy” sayyohlik majmuasini borib ko‘rdi
/
Prezident Marg‘ilondagi 1,7 trln soʻmlik “Burhonuddin Marg‘inoniy” sayyohlik majmuasini borib ko‘rdi
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,82 mln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6,82 mln so‘mga yetdi