“Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi

Bundan tashqari, “Sanoat” va “Hosilot” mahallalarida qayta ishlash sexlarini quriladi

“Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi

Prezidentning 2026-yil 12-yanvardagi “Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5-son qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, umumiy maydoni 2 396 gektarni tashkil etadigan “Farg‘ona” turistik-rekreatsion zonasi tashkil etiladi. Turistik zona faoliyati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil muddatga mo‘ljallangan.

Hujjatga ko‘ra, Farg‘ona tumanida “Vodil” malina agroturizm klasterini turistik obyektga aylantirish uchun zarur infratuzilma yaratiladi. Shuningdek, salohiyatli tadbirkorlarni jalb etgan holda malina bog‘lari va plantatsiyalari hududida yengil konstruksiyali xizmat ko‘rsatish obyektlari tashkil etiladi.

2026–2027-yillarda Yozyovon tumanidagi Markaziy Farg‘ona suv ombori atrofidagi yer maydonlarida turizm xizmatlarini rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Farg‘ona tumanining “Sanoat” va “Hosilot” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida xorijiy davlatlarning ijobiy tajribasi asosida malina plantatsiyalarini barpo etish, muzlatkichlar hamda chuqur qayta ishlash sexlarini qurish orqali agroturizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
/
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
/
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi