Etihad Rail Transafg‘on temir yo‘li loyihasida ishtirok etishi mumkin

O‘zbekiston va BAA o‘rtasida logistika, energetika va infratuzilma bo‘yicha yangi loyihalar muhokama qilindi

Etihad Rail Transafg‘on temir yo‘li loyihasida ishtirok etishi mumkin

Abu-Dabida O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi va BAA kompaniyalari o‘rtasida qo‘shma sanoat va logistika loyihalarini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Khodjaev ma’lum qildi.

Energetika va infratuzilma vaziri Suhail Al Mazrouei bilan uchrashuvda hamkorlikning joriy holati tahlil qilinib, sanoat loyihalarini rivojlantirishning keyingi bosqichlari belgilandi.

Qayd etilishicha, energetika sohasida Masdar va AMEA Power bilan amalga oshirilayotgan loyihalar portfeli $5 mlrdga yetgan. Shuningdek, TAQA ishtirokida Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi xususiylashtirilib, uzluksiz ishlovchi quyosh elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha kelishuv imzolangan.

Tashrif doirasida moliya sektori, logistika, qurilish, kimyo sanoati, suv ta’minoti va ta’lim sohalariga investitsiyalarni jalb etish masalalari ham muhokama qilindi.

Xususan, Etihad Rail kompaniyasi O‘zbekistonni Afg‘oniston orqali Pokiston bilan bog‘laydigan Transafg‘on temir yo‘li loyihasida ishtirok etish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Bundan tashqari, TAQA Water Solutions bilan kuniga 300 ming kub metr quvvatga ega tozalash inshooti qurish va Ugam daryosidan Yangi Toshkent hududiga 65 km uzunlikdagi suv quvurini tortish loyihalari ko‘rib chiqildi.

L’imad Holding va Plenary rahbariyati bilan davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiyalarni kengaytirish, kimyo va tog‘-kon sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Ta’ziz bilan Samarqand viloyatida fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Tomonlar erishilgan kelishuvlarni amaliy bosqichga o‘tkazish niyatida ekanini bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
/
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin
/
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin