2027-yil 1-iyuldan energiya tariflarini hisoblash uchun yangi platforma ishga tushiriladi

Platforma orqali faoliyati tartibga solinadigan korxonalarning tarif buyurtmalari elektron shaklda qabul qilinib, qayta ishlanadi

2027-yil 1-iyuldan energiya tariflarini hisoblash uchun yangi platforma ishga tushiriladi

Prezident farmoni bilan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, Energetika vazirligi tomonidan yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalari va iste‘molchilariga shartnomaviy, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa xo‘jalik munosabatlari bo‘yicha individual tusdagi ruxsatnomalar berish amaliyoti bekor qilinadi.

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiga elektr energiyasi bilan bir qatorda tabiiy va suyultirilgan gaz ta‘minotida bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich shakllantirish hamda tartibga solish vazifalari yuklatiladi.

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga qoidabuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va xavflarni erta aniqlashga qaratilgan preventiv nazorat modeliga asoslangan vazifalar yuklatiladi.

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalari tegishliligi bo‘yicha yoqilg‘i-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, uzatish, taqsimlash, yetkazib berish va sotish bo‘yicha xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradi.

2027-yil 1-iyuldan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining yagona raqamli platformasi joriy etiladi.

Platforma orqali faoliyati tartibga solinadigan korxonalarning tarif buyurtmalari hamda tariflarni hisoblash uchun zarur moliyaviy, texnik va boshqa ma‘lumotlar elektron shaklda qabul qilinib, qayta ishlanadi.

Tarif hisob-kitoblari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tariflarni shakllantirish tartibi asosida avtomatlashtiriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Andijonda 1 ming gektar maydonga $7 mlrd investitsiya jalb qilish vazifasi qo‘yildi
/
Andijonda 1 ming gektar maydonga $7 mlrd investitsiya jalb qilish vazifasi qo‘yildi
Prezident Andijonda gastronomik ko‘cha va yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi
/
Prezident Andijonda gastronomik ko‘cha va yo‘l o‘tkazgichni ko‘zdan kechirdi
Saida Mirziyoyeva BMTda O‘zbekistonning ochiqlik siyosati va global muammolarga to‘xtaldi
/
Saida Mirziyoyeva BMTda O‘zbekistonning ochiqlik siyosati va global muammolarga to‘xtaldi