Xitoy kompaniyasi Samarqandda elektrosamokatlar ishlab chiqaradi

Loyihaning birinchi bosqichida $16,5 mln o‘zlashtirilib, korxona 2026-yil fevral oyida ishga tushiriladi

Xitoy kompaniyasi Samarqandda elektrosamokatlar ishlab chiqaradi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida elektrosamokatlar va quyosh panelida ishlaydigan ko‘cha chiroqlari ishlab chiqariladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xitoyning “Yaxing Guoji Maoyi” MCHJ mas’ullari viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga Oqdaryo tumanida amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan $28 mlnlik loyihani taqdim etdi.

Kompaniya tumanda alkogolsiz ichimliklar, kir yuvish kukuni, 2, 3 va 4 g‘ildirakli zamonaviy elektrosomakatlar, shuningdek, quyosh panelida ishlaydigan ko‘cha chiroqlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Loyihaning birinchi bosqichida $16,5 mln o‘zlashtirilib, korxona 2026-yil fevral oyida ishga tushishi ko‘zda tutilgan.

Biroq, xabarda aytilishicha, ishlab chiqarishni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish uchun tumandagi “Urgut” EIZ filiali joylashgan Dahbed massiviga olib boruvchi avtomobil yo‘lini qurish zarur.

Investorlar shu masalada viloyat hokimiga murojaat qilgan. Adiz Boboyev avtomobil yo‘llari boshqarmasi mutasaddilariga masalani tezkor hal etishni topshirib, tadbirkorlarga barcha masalalarda qonun doirasida yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi, deyiladi xabarda.

Ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi natijasida hududda 40 ta yangi ish o‘rni yaratilishi aytilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi