O‘zbekistonda elektr iste’moli ketma-ket yetti kun rekordni yangiladi

Yakshanba kuni maksimal yuklama 13,8 GVtga yetib, 18-iyuldagi ko‘rsatkichdan 100 MVt yuqorilagan

O‘zbekistonda elektr iste’moli ketma-ket yetti kun rekordni yangiladi

O‘zbekistonda anomal issiq havo ta’sirida elektr energiyasiga bo‘lgan talab yuqori darajada saqlanmoqda. Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 19-iyul, yakshanba kuni mamlakat yagona energetika tizimida sutkalik elektr energiyasi iste’moli 291,8 mln kVt·soatni tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yil yozgi mavsumida qayd etilgan eng yuqori natijadan 19,2 mln kVt·soatga yoki 7,04% yuqori bo‘ldi.

Shuningdek, yakshanba kuni kechki eng yuqori yuklama davrida elektr tizimidagi maksimal quvvat 13,8 GVtga yetdi. Bu 18-iyul kuni qayd etilgan ko‘rsatkichdan 100 MVt yuqori bo‘ldi.

Dam olish kuniga qaramay, sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ham yuqori darajada saqlanib, 295,4 mln kVt·soatni tashkil etdi.

Vazirlik qayd etishicha, bu ko‘rsatkichlar anomal issiq sharoitida dam olish kunlarida ham elektr energiyasiga talab yuqori bo‘lib qolayotganini hamda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun energetika tizimi barqaror ishlayotganini ko‘rsatadi.

Yuqori yuklama fonida energetika korxonalarining avariya-ta’mirlash brigadalari kuchaytirilgan tartibda ishladi va elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklarni tezkor bartaraf etdi.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumanida Osiyo ko‘chasini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi tarmoqdagi nosozlik sabab 280 nafar iste’molchi vaqtincha elektrsiz qoldi. Nosozlik shu kuni bartaraf etildi.

Farg‘ona viloyatida elektr tarmog‘idagi avariya oqibatida Qo‘qon shahri hamda Furqat, Dang‘ara, Uchko‘prik va O‘zbekiston tumanlaridagi 13 ming nafar iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Elektr ta’minoti 20-iyulga o‘tar kechasi to‘liq tiklandi.

Shuningdek, Toshkent shahridagi podstansiyalarda yuzaga kelgan nosozliklar sabab Shayxontohur va Olmazor tumanlarida 7 ming nafar, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida esa 1,3 ming nafar iste’molchi vaqtincha elektr ta’minotidan uzildi. Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Uchtepa tumanlarida ham ayrim mahalliy uzilishlar kuzatildi.

Bundan tashqari, 19-iyul davomida Toshkent shahrining Yashnobod, Yunusobod va Chilonzor tumanlari hamda Toshkent viloyatining Zangiota va Toshkent tumanlarida elektr tarmoqlaridagi nosozliklar sabab ayrim iste’molchilarda vaqtinchalik uzilishlar qayd etildi.

Energetika vazirligi yuqori yuklamalar sharoitida energetika tizimi korxonalari va tezkor xizmatlar kuchaytirilgan rejimda ishlayotganini ma’lum qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda turpaket sotish uchun $50 ming miqdorida badal joriy etilishi rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda turpaket sotish uchun $50 ming miqdorida badal joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Saudiya Arabistoni bir yil amal qiladigan ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi
/
Saudiya Arabistoni bir yil amal qiladigan ko‘p martalik Umra vizasini joriy etdi
“Rayhon” restoranlar tarmog‘i asoschisi sakkiz yilga qamaldi
/
“Rayhon” restoranlar tarmog‘i asoschisi sakkiz yilga qamaldi