Raqobat qo‘mitasi dizel narxi oshgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Aytilishicha, birja savdosida boshlang‘ich narxiga nisbatan 5% gacha oshirishga ruxsat berilgan

Raqobat qo‘mitasi dizel narxi oshgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlardagi dizel yoqilg‘isi narxi oshganiga Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmanov munosabat bildirdi

Ma’lum qilinishicha, Raqobat qo‘mitasi 2025-yil 26-fevraldan boshlab fermerlar kichik lotlarda sotib oladigan dizel yoqilg‘isi narxini birja savdosida boshlang‘ich narxiga nisbatan 5% gacha oshirishga ruxsat bergan. Bu haqda Respublika tovar xom-ashyo birjasiga ko‘rsatma yuborilgan.

Tovar xom-ashyo birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 26-fevral kuni bir tonna dizel narxi 1,2% ga — 13,27 mln so‘mgacha, 31-yanvardan esa qariyb 5,7% ga oshgan. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi