O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi

Mamlakat dunyoda mobil internet tezligi bo‘yicha 76-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston mobil internet tezligi reytingida pastladi

Speedtest Global Index’ning 2025-yil dekabr oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat mobil internet tezligi bo‘yicha 76-o‘rinni egalladi.

Noyabr oyiga nisbatan O‘zbekiston reytingda 5 pog‘onaga pastlab, mobil internetning o‘rtacha tezligi 51,47 Mbit/s etib qayd etgan edi.

Simli (statsionar) internet tezligi bo‘yicha esa mamlakat 83-o‘rinni band etdi. Bu ko‘rsatkich bir oy avval 77-o‘rin edi. Simli internetning o‘rtacha tezligi 90,94 Mbit/sni tashkil qildi.

Taqqoslash uchun, mobil internet tezligi eng yuqori davlat — BAA bo‘lib, bu yerda o‘rtacha tezlik 691,76 Mbit/sga yetgan. Simli internet bo‘yicha esa Singapur yetakchi bo‘lib, o‘rtacha tezlik 410,06 Mbit/sni tashkil etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Transport-logistika markazlarga 2040-yilgacha soliq imtiyozlari berildi
/
Transport-logistika markazlarga 2040-yilgacha soliq imtiyozlari berildi
O‘zbekistonda uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish uchun 240 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
/
O‘zbekistonda uy-joylarning energiya samaradorligini oshirish uchun 240 mlrd so‘m yo‘naltiriladi
To‘qqiz oy davomida qurilish me’yorlarini buzgan 3 mingdan ziyod obyekt buzib tashlangan
/
To‘qqiz oy davomida qurilish me’yorlarini buzgan 3 mingdan ziyod obyekt buzib tashlangan