Raqobat qo‘mitasi qariyb 10 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlarni aniqladi

Masalan, Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasining 7 ta, jami 2,5 mlrd so‘mdan ortiq xaridlari noqonuniy deb topilgan

Raqobat qo‘mitasi qariyb 10 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilishlarni aniqladi

Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlari sohasidagi monitoring va murojaatlarni o‘rganish natijasida qariyb 10 mlrd so‘mlik xaridlarda qonunbuzilish holatlarini aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, xaridlar jarayonida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilgan. Xususan, savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarga yo‘l qo‘yilgan.

Qonunbuzilish holatlari quyidagi tashkilotlar xaridlarida aniqlangan:

  • Andijon viloyati: Oltinko‘l tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining 300 mln so‘mlik xaridlarida;
  • Farg‘ona viloyati: “Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasining 7 ta, jami 2,5 mlrd so‘mdan ortiq xaridlarida;
  • Jizzax viloyati: Zarbdor tumanidagi zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 2-sonli maktab-internatining 2 ta, jami 1,4 mlrd so‘mdan ortiq xaridlarida;
  • Namangan viloyati: Chust tuman tibbiyot birlashmasining qariyb 1,8 mlrd so‘mlik xaridlarida;
  • Navoiy viloyati: Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligining 7 ta, jami qariyb 1,7 mlrd so‘mlik xaridlarida;
  • Samarqand viloyati: “O‘z yo‘l ko‘prik klasteri”ning Samarqand filiali tomonidan amalga oshirilgan 1,7 mlrd so‘mlik hamda “Ozodlik” davlat muassasasining 410 mln so‘mlik xaridlarida.

Qo‘mita hududiy boshqarmalarining maxsus komissiyalari tomonidan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llangan.

Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berilgan. Ayrim holatlarda moliyaviy jarimalar qo‘llash va huquqiy baho berish uchun materiallar tegishli organlarga yuborilgan.

Avvalroq qo’mita 23 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi qonunbuzilish holatlarini aniqlagani haqida xabar bergandi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi 11 900 so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 11 900 so‘mdan oshdi
Saneg tasarrufiga berilgan neft konlari litsenziyalari bekor qilingan — Davaktiv
/
Saneg tasarrufiga berilgan neft konlari litsenziyalari bekor qilingan — Davaktiv
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda kiberjinoyatlar ortidan fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi
/
O‘zbekistonda to‘qqiz oyda kiberjinoyatlar ortidan fuqarolarga 1 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazildi