Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarida 21 mlrd so‘mlik qonunbuzarlik holatlarini aniqladi

Ma'lum qilinishicha, 8 ta tenderda raqobatni cheklovchi yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar qayd etilgan

Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarida 21 mlrd so‘mlik qonunbuzarlik holatlarini aniqladi

Toshkent shahrida 21 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi davlat xaridlarida qonunbuzilishlar aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qo‘mita hududiy boshqarmasi tomonidan “QUYUV-MEXANIKA ZAVODI” AJ o‘tkazgan tender savdolari “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganildi.

Tekshiruvlar davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimiga kiruvchi mazkur korxona tomonidan o‘tkazilgan umumiy qiymati 21 mlrd so‘mdan ortiq 8 ta tanlov savdosida qonunchilik talablariga rioya qilinmagani aniqlangan. Xususan, savdolarda raqobatni cheklovchi yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar qayd etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan buyurtmachi tashkilotga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.

Shuningdek, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish va kelgusida takrorlanishining oldini olish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Qayd etilishicha, davlat xaridlari sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash va tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish Raqobat qo‘mitasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
/
Yoqilg‘i quyish shoxobchalarining besh kunlik naqdsiz tushumlari 540 mlrd so‘mdan oshdi
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
/
O‘zbekistonda biznesni noqonuniy tekshiruvlardan himoya qilish kuchaytiriladi
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin
/
Quruvchilar uchun yer solig‘ini hisoblash muddatlari o‘zgartirilishi mumkin