«UzAuto Motors» yana «Damas» avtomobillarga kontraktatsiyani boshlaydi

Oldingi shartnomadan qolgan avtomobillar sotuvga qo'yiladi

«UzAuto Motors» yana «Damas» avtomobillarga kontraktatsiyani boshlaydi

«UzAuto» matbuot xizmati 23 aprel kuni soat 10:00 da «Damas» avtomobillarining onlayn kontraktatsiyasi boshlanishini e’lon qildi.

Oldingi shartnomadan qolgan avtomobillar sotuvga qo’yiladi. Agar xaridorlar transport vositalariga pulni belgilangan muddatda to’lamagan bo’lsa, shartnomalar bekor qilinadi va transport vositalari qayta sotish uchun ro’yxatga olinadi.

«Damas» avtomobillarining qiymati 96,3 mln so’mni tashkil etadi. Xaridorlar avvalgi shartnoma paytida chiqarilgan transport vositalarini sotib olishlari mumkin. Bu kechiktirilgan to’lov tufayli bekor qilingan shartnomalarga tegishli.

«Damas»avtomobilini sotib olish bo’yicha shartnoma faqat savdo.uzavtosanoat.uz. veb-saytida onlayn tarzda tuzish mumkin. Telegram bot va UzAvtosavdo ilovasidan faqat navbatni kuzatib borish va avtomobillar mavjudligi haqida ma’lumot olish mumkin bo’ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Poytaxtbank kapital bozori “regulyator qumdoni”ga qo‘shildi
/
Poytaxtbank kapital bozori “regulyator qumdoni”ga qo‘shildi
Bank tizimidagi islohotlar — aholiga qulay va zamonaviy xizmatlar sari muhim qadam
/
Bank tizimidagi islohotlar — aholiga qulay va zamonaviy xizmatlar sari muhim qadam
Yarim yilda O‘zbekistonda 171 mingdan ortiq ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimi tuzildi
/
Yarim yilda O‘zbekistonda 171 mingdan ortiq ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimi tuzildi