Xitoyning “CNPC” kompaniyasi yer osti gaz omborlarini qurish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Korporatsiyaning O‘zbekistonga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari $5 mlrddan oshgan

Xitoyning “CNPC” kompaniyasi yer osti gaz omborlarini qurish masalasini ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda “China National Petroleum Corporation” (CNPC) direktorlar kengashi raisi Day Xoulyanni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

“CNPC” energetika sohasidagi jahonning eng yirik korporatsiyalari qatoriga kirib, uglevodorod xom ashyosini qazib olish, tashish va qayta ishlash bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Kompaniya 30 dan ortiq mamlakatda loyihalarni amalga oshirmoqda, neft va gaz quvurlarining keng tarmog‘ini boshqarmoqda, hamda konlarni qidirish va o‘zlashtirishning zamonaviy texnologiyalarini faol joriy etmoqda. “CNPC” ning bozor qiymati $200 mlrddan ortiq.

Tomonlar ma’lumotlariga ko‘ra, “CNPC” ning O‘zbekistonga kiritgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari hajmi allaqachon $5 mlrddan oshgan. Muzokaralar davomida hamkorlik doirasini kengaytirish rejalari, jumladan, tabiiy gazni yer ostida saqlash inshootlarini qurish, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, shuningdek, zamonaviy metrologiya standartlari va innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar muhokama qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi