O‘zbekistonda sutni qayta ishlovchi korxonalar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

Xususan, 865 nafar aholiga $250 minggacha pul beriladi

O‘zbekistonda sutni qayta ishlovchi korxonalar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

O‘zbekistonda 865 nafar aholi va dehqon xo‘jaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilishga $250 minggacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, “O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi.

Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etiladi.

Shuningdek, sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta’minotini ishga tushirish.

Mazkur loyihani amalga oshirish davri 7 yil, ya’ni 2025-yildan 2031-yilgacha etib belgilangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi