Raqobat qo‘mitasi 18 mlrd so‘mdan ortiq mablag’ni iste’molchiga qaytardi

Jarimalar maishiy chiqindi tashish xizmatlarini ko‘rsatish korxonalariga taalluqli

Raqobat qo‘mitasi 18 mlrd so‘mdan ortiq mablag’ni iste’molchiga qaytardi

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi viloyatda faoliyat olib boruvchi “NAMANGAN MUSAFFO IQLIM” MChJ va “TOZA HUDUD” DUKlarning 2024-yilning I-yarim yilligida maishiy chiqindi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan. Bu haqda Qo‘mita rasmiy sahifasida ma’lum qildi

Olib borilgan o‘rganishlarda, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan viloyatning 10 ta hududida joylashgan MFYdagi 1,1 mlndan ortiq iste’molchilarga 18 mlrd so‘mdan ortiq ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblanganligi holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hududiy boshqarma tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (“NAMANGAN MUSAFFO IQLIM” MChJ va “TOZA HUDUD” DUK) nisbatan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g’risida”gi qonunning 19 va 21-moddalari talablarini buzilganligi yuzasidan ishlar qo‘zg’atilishi va ortiqcha hisoblangan mablag’ni qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi
/
Eski avtomobilini utilizatsiyaga topshirmaganlar har yili BHMning 30 baravari miqdorida to‘lov qiladi
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi