O‘zbekistonda 2030-yilgacha maishiy chiqindi poligonlari 50%ga qisqartiriladi

Poligonlar hududida 30 yil muddatga ekosanoat zonalari tashkil etiladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha maishiy chiqindi poligonlari 50%ga qisqartiriladi

Prezidentning chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi.

Farmonga asosan, chiqindilarni qayta ishlash sohasidagi asosiy yo‘nalishlar belgilandi. Xususan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlari 2030-yilgacha 50%ga qisqartiriladi.

Yangidan hosil bo‘layotgan chiqindilarni poligonlarga yo‘naltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish, sohaga sirkulyar iqtisodiyot amaliyoti joriy qilinadi.

2026-yildan boshlab chiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi.

Shuningdek, Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimida chiqindi poligonlari hududida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlashga ixtisoslashgan sanoat zonalari 30 yil muddatga tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Namangan va Toshkent viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik usulda utilizatsiya qilish (yoqish) bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshiriladi.

Shu maqsadda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan 19,87 gektar yer uchastkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
/
O‘zbekistonliklarning 68% i kelgusida daromadlari oshishini kutmoqda — MB
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
/
Rustam Turg‘unov IT Park Capital direktori etib tayinlandi
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi
/
Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 14,25% gacha pasaytirdi