Xitoy kompaniyasi $340 mlnlik investitsiya bilan Chilonzorda 30 qavatli ikkita bino quradi

Shu hududda $200 mlnlik besh yulduzli “Ritz Carlton” mehmonxonasi qurilishi ham rejalashtirilgan

Xitoy kompaniyasi $340 mlnlik investitsiya bilan Chilonzorda 30 qavatli ikkita bino quradi

22-iyul kuni Chilonzor tumani hokimligida hokim Saidqahhor Xolxo‘jayev Turkiyaning “Policy Analytics Lab” va “Helezon” kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar olib bordi.

Xorijiy mutaxassislarning tashrifi tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning uch yillik dasturini ishlab chiqishga qaratilgan edi. Ta’kidlanishicha, hujjatda xalqaro standartlarga muvofiqlikka alohida e’tibor beriladi. Uchrashuv davomida ishtirokchilarga amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.

Taqdim etilgan materiallarga ko‘ra, Beshyog‘och mahallasidagi Seul ko‘chasida 250 ming kvadrat metr maydonli besh yulduzli “Ritz Carlton” mehmonxonasi qurilishi rejalashtirilgan. Xuddi shu hududda $200 mlnlik besh yulduzli “Ritz Carlton” mehmonxonasi qurilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning qiymati $200 mlnga baholanmoqda. Quruvchi sifatida Ozarbayjonning “PD Estates” kompaniyasi faoliyat yuritadi. Obyektning 2026-yilda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Yana bir loyihani Xitoyning “TSC-HK-Investment” kompaniyasi Katta Qo‘zirabod mahallasidagi Bunyodkor ko‘chasida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu yerda umumiy maydoni 357 ming kvadrat metr bo‘lgan ikki minora shaklida turar-joy majmuasi va biznes markazi qurilishi mo‘ljallanmoqda. Investitsiyalar hajmi $340 mlnni tashkil qilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
/
O‘zbekistonda naslli buzoq tug‘ilgani uchun 700 ming so‘mgacha subsidiya beriladi
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
/
BAA tajribasi asosida “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonlashdi