ChatGPT dasturchi kompaniyasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Shuningdek, DigitalOcean platformasi ham hisobga qo‘yildi

ChatGPT dasturchi kompaniyasi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Aprel oyining boshidan boshlab uchta xorijiy internet-kompaniya O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi, deya xabar bermoqda Soliq qo‘mitasining rasmiy sayti.

Ular orasida 2025-yil 8-aprel kuni ro‘yxatdan o‘tgan OpenAI LLC — ChatGPT chat-boti va Sora video generatori yaratuvchisi mavjud. Undan bir kun oldin, 7-aprel kuni, AQSHning DigitalOcean bulutli xizmati soliq hisobiga qo‘yildi.

Shuningdek, 4-aprel kuni Rossiyaning onlayn kinoteatri ivi.ru (OOO “Ivi.ru”) ham O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Hozirgi vaqtda mamlakatda 67 ta xorijiy internet-kompaniya ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning yettitasi 2025-yil boshidan buyon ushbu ro‘yxatga qo‘shilgan. Ular orasida Shveytsariyaning eBay kompaniyasi va Xitoyning Alibaba Cloud platformasi ham bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Hamkorbank asosiy aksiyadori ulushini 61,9% gacha oshirdi
/
Hamkorbank asosiy aksiyadori ulushini 61,9% gacha oshirdi
Issiqxonalarni Surxondaryoga ko‘chirish mahsulot tannarxini 2,5 baravargacha kamaytiradi
/
Issiqxonalarni Surxondaryoga ko‘chirish mahsulot tannarxini 2,5 baravargacha kamaytiradi
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun 3 mln yevrolik grant ajratadi
/
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati O‘zbekistonda tadbirkorlik uchun 3 mln yevrolik grant ajratadi