Carlyle Group “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishi mumkin

Kelishuv AQShning OFAC ruxsatisiz kuchga kirmaydi

Carlyle Group “Lukoyl”ning xorijdagi aktivlarini sotib olishi mumkin

AQShning Carlyle Group investitsiya kompaniyasi Rossiyaning “Lukoyl” neft-gaz holdingining xorijdagi aktivlarini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Rejalashtirilayotgan kelishuv doirasida xaridor LUKOIL International GmbH sho‘ba korxonasiga tegishli aktivlarning asosiy qismi ustidan nazoratni qo‘lga kiritadi. Biroq Qozog‘istonda joylashgan obyektlar “Lukoyl” tasarrufida qoladi va amaldagi litsenziya asosida boshqariladi.

Mazkur bitim dastlabki xarakterga ega bo‘lib, bir qator shartlar bajarilishiga bog‘liq. Asosiy talab — AQSh Moliya vazirligi huzuridagi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC)dan ruxsat olishdir. Shuningdek, aktivlar joylashgan davlatlarning regulyatorlari ham kelishuvni tasdiqlashi lozim. Shu bilan birga, “Lukoyl” boshqa potensial xaridorlar bilan ham muzokaralarni davom ettirmoqda.

Avvalroq Shveysariyaning Gunvor guruhi ham aktivlarni sotib olishga qiziqish bildirgan edi. Biroq AQSh regulyatori geosiyosiy vaziyat barqarorlashmaguncha bitimni tasdiqlamagani sababli ushbu ariza bekor qilingan.

Qayd etilishicha, “Lukoyl” O‘zbekistonda “O‘zbekneftgaz” bilan hamkorlikda 13 ta konni o‘zlashtirmoqda. Kompaniyaning respublikadagi aktivlarini sotib olish masalasi ilgari muhokama qilingan bo‘lsa-da, rasmiylar buni amaliy jihatdan murakkab deb baholagan. Energetika vazirligi esa AQSh bilan muzokaralar olib borish uchun xalqaro maslahatchilar jalb qilinganini bildirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
/
Toshkentdagi peshtaxtalarni reklama sifatida baholash tartibini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
/
Uy-joy bozorida bitimlar soni bir oyda 47% ga oshdi
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi
/
O‘zbekistonda barcha xorijiy valyutalar arzonladi