Buxoro va Samarqand o‘rtasida pulli avtomobil yo‘li quriladi

Yangi yo‘l ishga tushirilgach, ikki shahar o‘rtasidagi qatnov vaqti hozirgi besh soatdan 1,5 soatgacha qisqarishi kutilmoqda

Buxoro va Samarqand o‘rtasida pulli avtomobil yo‘li quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda hudud transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish rejalari ham taqdim etildi.

Joriy yilda Buxoro viloyatidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlanishi rejalashtirilgan. Kelgusi yilda esa M-37 avtomobil yo‘lining 69 km qismini yangilash boshlanadi. Loyihaning qiymati $200 mlnni tashkil etadi. Uning doirasida Buxoro shahri atrofida 4,5 km uzunlikdagi aylanma yo‘l ham quriladi.

Shuningdek, Samarqand va Buxoro shaharlari o‘rtasida sement-beton qoplamali zamonaviy pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi ko‘zda tutilgan. Yangi trassa ishga tushirilgach, ikki shahar o‘rtasidagi safar vaqti hozirgi besh soatdan 1,5 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishda tezyurar poyezdlar uchun yangi temiryo‘l liniyasini qurish ham rejalashtirilgan.

Davlat rahbari mas’ul idoralarga avtomobil va temiryo‘l loyihalari bo‘yicha bosh rejalarni ishlab chiqishni yakunlash hamda potensial hamkorlar bilan muzokaralarni boshlashni topshirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda aholi sezgan inflyatsiya 9,2% gacha pasaydi
/
O‘zbekistonda aholi sezgan inflyatsiya 9,2% gacha pasaydi
O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlari aktivlari bir yilda 2,2 barobar oshdi
/
O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlari aktivlari bir yilda 2,2 barobar oshdi
Markaziy bank 2027-yilda inflyatsiyani 5% gacha pasaytirishni prognoz qilmoqda
/
Markaziy bank 2027-yilda inflyatsiyani 5% gacha pasaytirishni prognoz qilmoqda