O‘zbekistondagi “Holten Group” kompaniyasi “Burger King Kazakhstan“ ni sotib oldi

Franshiza 12 yil davomida “Verniy Kapital” ga tegishli bo‘lgan

O‘zbekistondagi “Holten Group” kompaniyasi “Burger King Kazakhstan“ ni sotib oldi

“Verniy Kapital” kompaniyalar guruhi 2012-yildan beri hamkori Anuar Utemuratov bilan birgalikda egalik qilgan “Burger King Kazakhstan” franshizasini sotganini ma’lum qildi. Bitim summasi oshkor qilinmagan. 

Franshizaning xaridori “Holten Group” kompaniyasi bo‘ldi. Bu kompaniya International Beverages Tashkent” ustav kapitalidagi 0,1% ulushga egalik qiladi. Qolgan 99,9 tasi “Holten Enterprise Holdings Ltd” kompaniyasiga tegishli.

“Burger King Kazakhstan” kompaniyasi 12 yil davomida Qozog‘istonning 14 shahrida 55 ta restoran ochildi. Soliqlar ko‘rinishida byudjetga 7,5 mlrd tengega yaqin mablag‘ o‘tkazildi va 1100 dan ortiq ish o‘rni yaratildi.

“Biz “Verniy Kapital” kompaniyalar guruhi va hamkorlarimiz bilan birgalikda olib borgan ishlarimiz natijasida mamlakatimizda muvaffaqiyatli va barqaror restoranlar tarmog‘ini barpo etdik. Biz erishilgan natijalar bilan faxrlanamiz va mintaqamizdagi turli loyihalarga muvaffaqiyatli sarmoya kiritayotgan yangi egalar — “Holten Group”  kompaniyasi rahbarligida franshizani yanada faol rivojlantirishga ishonamiz”, — deya ta’kidlagan Anuar Utemuratov.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2018-yildan buyon 38 ming xonadondan iborat noqonuniy uy-joylar aniqlangan
/
O‘zbekistonda 2018-yildan buyon 38 ming xonadondan iborat noqonuniy uy-joylar aniqlangan
Kelgusi yilda Toshkentda maktab infratuzilma loyihalariga $300 mln yo‘naltiriladi
/
Kelgusi yilda Toshkentda maktab infratuzilma loyihalariga $300 mln yo‘naltiriladi
Toshkentning poytaxt maqomi bo‘yicha alohida qonun qabul qilinadi
/
Toshkentning poytaxt maqomi bo‘yicha alohida qonun qabul qilinadi