O‘zbekistondagi “Holten Group” kompaniyasi “Burger King Kazakhstan“ ni sotib oldi
Franshiza 12 yil davomida “Verniy Kapital” ga tegishli bo‘lgan

“Verniy Kapital” kompaniyalar guruhi 2012-yildan beri hamkori Anuar Utemuratov bilan birgalikda egalik qilgan “Burger King Kazakhstan” franshizasini sotganini ma’lum qildi. Bitim summasi oshkor qilinmagan.
Franshizaning xaridori “Holten Group” kompaniyasi bo‘ldi. Bu kompaniya International Beverages Tashkent” ustav kapitalidagi 0,1% ulushga egalik qiladi. Qolgan 99,9 tasi “Holten Enterprise Holdings Ltd” kompaniyasiga tegishli.
“Burger King Kazakhstan” kompaniyasi 12 yil davomida Qozog‘istonning 14 shahrida 55 ta restoran ochildi. Soliqlar ko‘rinishida byudjetga 7,5 mlrd tengega yaqin mablag‘ o‘tkazildi va 1100 dan ortiq ish o‘rni yaratildi.
“Biz “Verniy Kapital” kompaniyalar guruhi va hamkorlarimiz bilan birgalikda olib borgan ishlarimiz natijasida mamlakatimizda muvaffaqiyatli va barqaror restoranlar tarmog‘ini barpo etdik. Biz erishilgan natijalar bilan faxrlanamiz va mintaqamizdagi turli loyihalarga muvaffaqiyatli sarmoya kiritayotgan yangi egalar — “Holten Group” kompaniyasi rahbarligida franshizani yanada faol rivojlantirishga ishonamiz”, — deya ta’kidlagan Anuar Utemuratov.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ