O‘zbekiston va BMT 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan yangi Hadli dasturini imzoladi

Hujjat bilan 25 ta BMT dasturlarini milliy rivojlanish maqsadlariga mos ravishda yo‘naltiriladi

O‘zbekiston va BMT 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan yangi Hadli dasturini imzoladi

24-oktabr kuni O‘zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasida 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan yangi Hadli dasturni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Dunyo”.

Hujjat barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish, tengsizlikni kamaytirish va barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Besh yil davomida ushbu dastur O‘zbekistonning milliy rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlovchi 25 ta BMT agentligi, jamg‘armasi va dasturlari uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilaydi.

Yangi dastur quyidagi oltita asosiy yo‘nalishni qamrab oladi:

  • samarali boshqaruv va qonun ustuvorligi;
  • bandlik va ijtimoiy himoya;
  • sog‘liqni saqlash;
  • ta’lim;
  • ekologik barqarorlik;
  • Orol dengizi mintaqasini rivojlantirish.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabina Mahl yangi kelishuv insonlarni barcha tashabbuslarning markaziga qo‘yishini va tomonlarning farovon, inklyuziv va barqaror kelajakni qurishga bo‘lgan umumiy majburiyatini aks ettirishini ta’kidladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda olis hududlar uchun klinikalarga $200 mln imtiyozli kredit ajratiladi
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
/
O‘zbekistondagi 34 ta turizm obyektining master-rejalari ishlab chiqiladi
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi
/
“Toshkent” Respublika fond birjasi aksiya chiqarish orqali ustav fondini oshiradi