O‘zbekiston 2028-yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda

Apparatni ishlab chiqish bilan Yaponiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik magistrantlar shug‘ullanadi

O‘zbekiston 2028-yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2028-yilgacha o‘zining ilmiy-texnik sun’iy yo‘ldoshini kosmosga uchirish niyatida. Bu haqda “O‘zbekkosmos» agentligi direktori o‘rinbosari Muhiddin Ibragimov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kazinform”.

Uning aytishicha, joriy yilda O‘zbekistondan 7 nafar talaba Yaponiyaning Kyusyu texnologiya instituti magistraturasiga yuborilgan. O‘qish davomida ular sun’iy yo‘ldoshni ishlab chiqish, yig‘ish va uchirishga tayyorlash ishlarini amalga oshirishlari lozim. Ta’lim 2027-yilgacha yakunlanishi, shundan so‘ng uchirishga tayyorgarlik bosqichi boshlanishi kutilmoqda.

Sun’iy yo‘ldoshni orbitaga chiqarish uchun tegishli kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish zarur. Rejamizga ko‘ra, O‘zbekiston 2028-yilgacha o‘z sun’iy yo‘ldoshini uchirishni amalga oshiradi, — dedi Ibragimov.

U, shuningdek, hozirda “SpaceX” kompaniyasi bilan muzokaralar olib borilayotganini qo‘shimcha qildi.

Davlatlar uchirishlar uchun vaqtni oldindan band qilishadi va jadvallar 2-3 yil oldin tasdiqlanadi. Bundan tashqari, uchirishlar soni cheklangan va buni ham hisobga olish kerak, — deya izoh berdi “O‘zbekkosmos” vakili.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi
/
2025-yilning birinchi choragida qimmatli qog‘ozlar bozoridagi natijalar e’lon qilindi
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
/
Toshkentda Hyundai va Kia brendlaridan noqonuniy foydalanilgan
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi
/
Markaziy bank yana 3 ta tashkilotni ro‘yxatdan o‘tkazdi