O‘zbekistonda bank ombudsmani tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

Yangi tuzilma banklar va tadbirkorlar o‘rtasida hozirda sudgacha bo‘lgan nizolar sonini sezilarli darajada kamaytirishi aytilmoqda

O‘zbekistonda bank ombudsmani tashkil etilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda bank xizmatlari bo‘yicha ombudsman institutini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 16-sentabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdialiyev ma’lum qildi.

Bu tashabbus islom moliyasi to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi chog‘ida bildirildi. O‘zLiDeP deputati Dilmurod Ortiqov Markaziy bank huzuridagi Islom moliyasi kengashining standartlari va funksiyalarini huquqiy tartibga solish yuzasidan bir qancha fikr-mulohazalarini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasida standartlar Markaziy bank tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yilgan. Biroq uning qo‘shimcha qilishicha, islomiy moliya standartlari tushunchasining o‘zi boshqa vakolatli organ tomonidan ham qabul qilish imkonini beradi. Lekin qonun loyihasi aynan boshqa vakolatli organ belgilanmagan.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Abrorxo‘ja Turdialiyev shunday javob berdi:

Standartlar Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Bugungi kunda an’anaviy bank xizmatlari ham xuddi shunaqa. Ma’lum bir bank amaliyotlari o‘tkazilishida Markaziy bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri normalari mavjud. Lekin shu bilan birga, bugungi kunda ham ayrim bank operatsiyalari xalqaro standartlarga asosan o‘tyapti. Markaziy bank ularni qo‘llash tartibini alohida belgilashi shart emas.

Turdialiyev islomiy moliya ham tan olingan xalqaro standartlarga asoslanishi kerakligini ta’kidladi:

Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashlari orqali buxgalteriya hisobi va standartlarini belgilovchi ikkita tashkilot bor. Biz ularni asos qilib olishimiz va shunga muvofiq ishlashimiz kerak. Bu O‘zbekiston islom bank tizimiga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan xorijiy investorlarimizga tushunarli bo‘ladi, — dedi u.

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Islom moliya kengashi haqida gapirar ekan, bank xizmatlari bo‘yicha ombudsman xizmatini tashkil etish rejalarini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, yangi tuzilma banklar va tadbirkorlar o‘rtasida, asosan, sudgacha bo‘lgan munosabatlarni yengillashtiradi.

Hozir qaraydigan bo‘lsak, banklar bilan tadbirkorlar o‘rtasida sud munosabatlari nihoyatda ko‘p va hammasi deyarli sudgacha boryapti. Lekin kelgusida ombudsman xizmatini joriy etiladi. Bu sudga boradigan arizalarni keskin kamaytirishga va dastlabki darajada Markaziy bankning aralashishi va tushuntirishlari kelgusidagi instrumentlar, bank xizmatlaridan foydalanuvchilarni himoya qilish tizimini keyingi bosqichga o‘tkazish mumkin bo‘ladi, — dedi Turdialiyev.

U ta’kidlaganidek, xuddi shu tarzda kelgusida Markaziy bank uchun ham xuddi shunday vazifani bajaradigan Islom moliyasi kengashida zarurat bor.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi