O‘zbekistonda bank kartalari soni 77,3 mln donadan oshdi

Banklar tomonidan 456,4 mingta to‘lov terminali hamda 43,7 mingta bankomat va infokiosk o‘rnatilgan

O‘zbekistonda bank kartalari soni 77,3 mln donadan oshdi

2026-yil 1-sentabr holatiga O‘zbekistonda muomaladagi bank plastik kartalari soni 77 mln 262,6 ming donaga yetdi, deb xabar bermoqda Markaziy bank. Shu davrda mamlakatdagi tijorat banklarida 456 352 ta to‘lov terminali, 43 736 ta bankomat va infokiosk faoliyat yuritmoqda.

2026-yil yanvar–avgust oylarida to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar aylanmasi esa jami 448,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Eng ko‘p bank kartasi Xalq bankida

Banklar kesimida eng ko‘p bank kartasi Xalq banki hissasiga to‘g‘ri keladi — 12,2 mln dona.

Keyingi o‘rinlarda:

  • Uzum Bank — 7,44 mln dona;
  • Agrobank — 6,84 mln dona;
  • Ipoteka-bank — 5,72 mln dona;
  • Hamkorbank — 5,44 mln dona;
  • Anor bank — 5,29 mln dona;
  • Milliy bank — 4,42 mln dona;
  • Ipak Yo‘li banki — 3,86 mln dona;
  • TBC bank — 3,71 mln dona;
  • O‘zsanoatqurilishbanki — 3,10 mln dona.
  • Hamkorbank terminallar soni bo‘yicha yetakchi

To‘lov terminallari soni bo‘yicha Hamkorbank birinchi o‘rinda bo‘lib, bankda 69 589 ta terminal o‘rnatilgan.

Undan keyingi o‘rinlarni Milliy bank — 42 375 ta, Xalq banki — 34 460 ta, O‘zsanoatqurilishbanki — 32 126 ta va Ipoteka-bank — 26 417 ta terminal bilan egallagan.

Shuningdek, Agrobankda 23 908 ta, Ipak Yo‘li bankida 25 788 ta, Mikrokreditbankda 19 963 ta, Trastbankda 19 658 ta, Biznesni rivojlantirish bankida 18 017 ta, Universal bankda 16 662 ta, Turonbankda 16 592 ta va Asaka bankda 15 741 ta to‘lov terminali mavjud.

Xalq bankida eng ko‘p bankomat va infokiosk bor

Bankomat va infokiosklar soni bo‘yicha ham Xalq banki yetakchilik qilmoqda. Bank infratuzilmasida 3 136 ta bankomat va infokiosk mavjud.

Agrobankda 1 823 ta, Kapitalbankda 1 669 ta, Invest Finance bankda 1 436 ta, Ipak Yo‘li bankida 1 078 ta, Milliy bankda 1 076 ta, Ipoteka-bankda 862 ta, Mikrokreditbankda 806 ta va Hamkorbankda 777 ta bankomat hamda infokiosk o‘rnatilgan.

Umumiy hisobda bank tizimida 43 736 ta bankomat va infokiosk qayd etilgan. Bundan tashqari, to‘lov tashkilotlari tasarrufida 24 127 ta qurilma mavjud.

Terminal orqali eng katta aylanma Aloqabankda

2026-yilning dastlabki sakkiz oyida to‘lov terminallari orqali eng katta tushum Aloqabankda qayd etilgan — 46,47 trln so‘m.

Milliy bankda bu ko‘rsatkich 37,10 trln so‘m, TBC bankda 29,15 trln so‘m, Hamkorbankda 26,77 trln so‘m, Uzum Bankda 25,10 trln so‘m, Ipak Yo‘li bankida 25,01 trln so‘m, Ipoteka-bankda 23,68 trln so‘m, Xalq bankida 23,13 trln so‘m, Mikrokreditbankda 21,31 trln so‘m va Agrobankda 19,03 trln so‘mni tashkil qilgan.

Shuningdek, O‘zsanoatqurilishbankida terminal aylanmasi 14,63 trln so‘m, Trastbankda 15,12 trln so‘m, Asia Alliance bankda 15,66 trln so‘m, Garant bankda 15,91 trln so‘m, Kapitalbankda 18,08 trln so‘m, Asaka bankda 11,29 trln so‘m, Invest Finance bankda 10,83 trln so‘m va Orient Finans bankda 9,52 trln so‘m bo‘lgan.

Qolgan banklarda ham terminal orqali tushumlar qayd etilgan. Jumladan, Octobank — 9,16 trln so‘m, Universal bank — 6,81 trln so‘m, Davr-bank — 7,13 trln so‘m, Biznesni rivojlantirish banki — 7,08 trln so‘m, Turonbank — 5,43 trln so‘m, Anor bank — 3,58 trln so‘m, Tenge bank — 2,46 trln so‘m, APEX BANK — 2,28 trln so‘m, Soderot bank — 1,38 trln so‘m, Poytaxt bank — 1,10 trln so‘m, HAYOT BANK — 1,17 trln so‘m, Ziraat Bank Uzbekistan — 834,2 mlrd so‘m, Open Bank — 1,94 trln so‘m va Madad Invest bank — 170,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

YANGI BANKda yanvar–avgust oylaridagi terminal aylanmasi 35,8 mlrd so‘m, Tayanch mikromoliya bankida esa 11,7 mlrd so‘m bo‘lgan.

Umuman, 2026-yil yanvar–avgust oylarida bank va tegishli to‘lov infratuzilmasi orqali amalga oshirilgan terminal operatsiyalari hajmi 448,53 trln so‘mga yetgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda $625 mlnga yana 5 ta chiqindi qayta ishlash zavodi quriladi
/
O‘zbekistonda $625 mlnga yana 5 ta chiqindi qayta ishlash zavodi quriladi
Ilon Maskning boyligi  yana $1 trlndan oshdi
/
Ilon Maskning boyligi yana $1 trlndan oshdi
Urganch aeroportini modernizatsiya qilishga $242 mln yo‘naltiriladi
/
Urganch aeroportini modernizatsiya qilishga $242 mln yo‘naltiriladi