Markaziy bank tijorat banklarining foiz stavkalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi

Xususan, iyul oyida so‘mdagi kreditlar tadbirkorlar uchun 22,7% darajasida qayd etilgan

Markaziy bank tijorat banklarining foiz stavkalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi

Markaziy bank tijorat banklarining foiz stavkalari bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi.

2025-yil iyul holatiga ko‘ra, milliy valyutadagi bank depozitlari bo‘yicha jismoniy shaxslarga to‘lanadigan o‘rtacha foiz stavkalari 21,4% ni tashkil etib, bir yil davomida deyarli o‘zgarmagan. Yuridik shaxslar depozitlari bo‘yicha foiz stavkalari esa 16,9% atrofida shakllandi.

Milliy valyutadagi kreditlarda aholi uchun foiz stavkalari 23,8% bo‘ldi. Tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarda esa bu ko‘rsatkich 22,7% darajasida qayd etildi.

Chet el valyutasidagi depozitlar bo‘yicha foiz stavkalari nisbatan past bo‘lib, jismoniy shaxslar depozitlari 4,7%, yuridik shaxslar depozitlari esa 4,7% atrofida bo‘ldi.

Xorijiy valyutadagi kreditlarda qisqa muddatlilar uchun foiz stavkalari 8,7% gacha tushgan bo‘lsa, uzoq muddatli kreditlarda 10,7% ni tashkil etdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 93 mlrd so‘mga yetdi
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi
/
OTB va ACWA Power Buxorodagi shamol elektr stansiyasi uchun $116 mlnlik bitim imzoladi