O‘zbekiston energetika vaziri podstansiyani tanqid qilgani sababli moliyachi ustidan shikoyat qildi

Jo‘rabek Mirzamahmudov Otabek Bakirovni haqorat qilish va obro‘sizlantirishda ayblamoqda

O‘zbekiston energetika vaziri podstansiyani tanqid qilgani sababli moliyachi ustidan shikoyat qildi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov moliyachi, bloger Otabek Bakirov ustidan prokuratura va IIVga shikoyat arizasi kiritdi. Bu haqda Otabek Bakirov Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Shikoyat Bakirovning 2023-yil 5-iyun kuni “Sag‘bon” podstansiyasi bilan bog‘liq muammo haqida yozgan posti bilan bog‘liq. 

Vazirning shikoyatiga ko‘ra, post mundarijasida haqorat va obro‘sizlantirish holatlari mavjud va bu bo‘yicha Otabek Bakirovga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilishi lozim.

Vazir Mirzamahmudov organlarga shikoyat arizasini 2024-yil 10-oktyabr kuni taqdim etgan. 

Otabek Bakirovning yozishicha, qachondir haykal qo‘yiladigan “Sag‘bon” podstansiyasi bilan bog‘liq surunkali muammo yoritilgan post 2023-yil 5-iyunda yoki 1 yil-u 7 oy avval yozilgan. Mirzamahmudov organlarga shikoyat arizasini 2024-yil 10-oktyabrda, ya’ni bir yil-u 4 oy o‘tib taqdim etmoqda.

Moliyachining so’zlariga ko‘ra, “shikoyat arizasi fuqaro Mirzamahmudov tarafidan emas, vazir Mirzamahmudov tomonidan kiritilgan”. 

Ariza hozirda poytaxt IIB Kiberxavfsizlik bo‘linmasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Energetika sohasida 2,3 ming megavatt quvvatga stansiyalar ishga tushirilmoqda
/
Energetika sohasida 2,3 ming megavatt quvvatga stansiyalar ishga tushirilmoqda
O’zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashdan to’xtamayapti
/
O’zbekistonda dollar kursi rekordlarni yangilashdan to’xtamayapti
O‘zbekistonda eski namunadagi $100 lik banknotlar muomalada 
/
O‘zbekistonda eski namunadagi $100 lik banknotlar muomalada