O‘zbekistonda ayrim davlatlardan tovarlar importiga bojxona to‘lovlari kamaytiriladi

Xususan, savdo rejimi noqulay bo‘lgan davlat tovarlariga ikki baravar stavka qo‘llanmaydi, uning o‘rniga 5–20% qo‘shimcha boj joriy etiladi

O‘zbekistonda ayrim davlatlardan tovarlar importiga bojxona to‘lovlari kamaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni O‘zbekistonga ayrim davlatlardan import qilinadigan tovarlar uchun boj stavkalarini kamaytiruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Bojxona kodeksiga O‘zbekiston bilan “eng qulay sharoit rejimi” o‘rnatilmagan davlatlardan yoki kelib chiqish davlati noma’lum bo‘lgan tovarlar importi bo‘yicha boj undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Amaldagi Kodeksning 300-moddasiga ko‘ra, bunday tovarlarga hozirda ikki baravar stavka bo‘yicha boj qo‘llanadi.

Qonun kuchga kirgach, qo‘shimcha boj miqdori tovarning asosiy stavkasiga bog‘liq bo‘ladi. Agar advalor stavka 10% gacha bo‘lsa, qo‘shimcha boj 5% etib belgilanadi.

Yuqoriroq boj stavkalari qo‘llanadigan tovarlar uchun quyidagi qo‘shimcha stavkalar belgilangan:

  • advalor stavka 10–20% bo‘lsa — 10%;
  • stavka 20–30% bo‘lsa — 15%;
  • 30% dan yuqori bo‘lsa — 20%.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi