O‘zbekiston prezidenti Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati o‘zgartirishni buyurdi

117 ta vazirlik va idoradagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlarini ishdan olinadi

O‘zbekiston prezidenti Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyati o‘zgartirishni buyurdi

Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlarini ishdan olishni topshirdi.

5-mart kuni korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, o‘rniga halol, fidoyi va professional kadrlardan qo‘yiladi, ularga aniq vazifalar belgilab beriladi.

Shuningdek, vazirliklarning hududiy komplayens xodimlarini bevosita vazirning o‘zi ishga qo‘yishi, o‘ziga siyosiy mas’uliyat olib, butun tizimdagi korrupsiya uchun shaxsan javob berishi belgilandi. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining ish uslubi mutlaqo o‘zgaradi. Buning uchun tajriba tariqasida 5 ta idora: Sog‘liqni saqlash, Qurilish, Suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zbekneftgaz” va “O‘zsuvta’minot”ning komplayens nazorati agentlikka o‘tkaziladi.

Yil yakuni bilan bu vazirliklarda qancha korrupsiyaviy omillarni bartaraf qilgani, odamlarga qanday yengilliklar bo‘lgani haqida Milliy kengashda hisobot beradi.

Shuningdek, agentlik vazir, hokimlar bilan birgalikda har chorakda korrupsiya yuqori bo‘lgan kamida 3 ta sohada tumangacha tushib, maishiy va tizimli korrupsiya omillarini chuqur o‘rganadi, tahlillar asosida qaysi jarayonni raqamlashtirish, qaysi byurokratik tartibni bekor qilish bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqadi.

Ikki oyda xalqaro reyting tashkilotlari tavsiyasi asosida “yo‘l xarita”si ishlab chiqilib, har bir vazirlik va idoraga qilinadigan ishlar aniq belgilab beriladi. Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlarni jazolash bo‘yicha taklif kiritiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Iroq o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
/
O‘zbekiston va Iroq o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Buyuk Britaniya O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirish uchun $5,5 mlrdgacha mablag‘ ajratadi
/
Buyuk Britaniya O‘zbekistondagi loyihalarni moliyalashtirish uchun $5,5 mlrdgacha mablag‘ ajratadi
O‘zbekistondagi ilk kichik modulli atom reaktori 2029-yil oxirida ishga tushiriladi
/
O‘zbekistondagi ilk kichik modulli atom reaktori 2029-yil oxirida ishga tushiriladi