Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi

Samolyotlar 2027-yilda yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda

Avolon Centrum Air’ga o’zining 5 ta Airbus A320neo samolyotlarini ijaraga beradi

Dunyodagi yetakchi aviatsiya moliyalashtirish kompaniyalaridan biri Avolon O‘zbekistonning xususiy aviakompaniyasi bo‘lgan Centrum Air’ga beshta Airbus A320neo oilasiga mansub samolyotni ijaraga berish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitim Dubay aviashousida e’lon qilingan.

Avolon joriy yilda Centrum Air bilan hamkorlikni boshlagan bo‘lib, kompaniya birinchi A320-200 samolyotini o‘tgan oy qabul qilib olgan. Endi esa 2027-yilda yetkazib berilishi rejalashtirilgan yana beshta yangi samolyot parkni sezilarli kengaytiradi.

Centrum Air hozirda Dubay, Istanbul, Dehli, Seul, Guanchjou, Bangkok, Puket va Male kabi 40 dan ortiq yo‘nalishlarda parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Yangi laynerlar aviakompaniyaning yo‘nalishlar geografiyasini kengaytirish va o‘sish strategiyasini tezlashtirishga xizmat qiladi.

2025-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra, Avolonning buyurtmalar portfelida 347 ta A320neo oilasiga mansub samolyot mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
/
O‘zbekiston $53 mlrd xorijiy investitsiya jalb etishni rejalashtirmoqda
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
/
2025-yilda ipoteka kreditlari hajmi 21,2 trln so‘mga yetdi
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi yana o‘sishni boshladi