Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Regulyator yil yakunida inflyatsiya 8,7% atrofida boʻlishini prognoz qilmoqda

Markaziy bank asosiy foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi inflyatsion jarayonlarning sekinlashishi sharoitida asosiy stavkani oʻzgartirmasdan 14% darajasida qoldirdi.

Avgust oyida yillik inflyatsiya 8,8% ni tashkil etib, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sekinlashuvi hisobiga bazaviy inflyatsiya 7,6% gacha tushdi. Biroq energiya narxlari va yalpi talabning yuqoriligi xizmatlar narxlariga oshiruvchi taʼsir koʻrsatmoqda.

Yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 7,2% ga oʻsdi. Bunga xizmatlar sohasi, sanoat, qurilish va qishloq xoʻjaligidagi yuqori surʼatlar hamda kreditlash va investitsiyalarning faollashuvi sabab boʻldi. Shu bilan birga, global oziq-ovqat narxlarining oʻsishi va hamkor davlatlardagi yuqori inflyatsiya import bosimini kuchaytirishi mumkin.

Markaziy bank joriy yil yakunida inflyatsiya 8,7% atrofida boʻlishini prognoz qilmoqda. Asosiy stavka boʻyicha navbatdagi yigʻilish 23-oktabr kuni oʻtkaziladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
/
O‘zbekiston Xitoy–Afg‘oniston yo‘nalishida yangi tranzit yo‘lakni ishga tushirdi
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
/
Korxona nomi aks etgan peshlavhalar reklama sifatida baholanmasligi mumkin
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi
/
Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi 2026-yil iyun oyida boshlanadi